Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berishicha, hodisa 25 aprel kuni soat 17:40 lar atrofida Toshkent halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Cobalt avtomobili haydovchisi yo‘lni belgilangan joydan tashqari kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yuborgan. Olingan jarohatlar oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («harakat xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.