Hodisa 25-aprel kuni Vashingtondagi Washington Hilton mehmonxonasida AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi kechki ovqat paytida sodir bo‘ldi. Otishma Oq uy muxbirlari yillik qabul marosimi chog‘ida yangragan, shundan so‘ng Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens tezkor tarzda zaldan olib chiqilgan; guvohlar ma’lumotiga ko‘ra, mehmonlar stol ostiga yashirinishga majbur bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Washington Hilton binosini Maxfiy xizmat bo‘linmalari qurshab olgan, hudud ustida vertolyotlar aylanib yurgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan: dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu Kaliforniyadan 31 yoshli Koul Tomas Allen bo‘lib, u pompalı miltiq bilan qurollangan va zalga kirishga urinayotib Maxfiy xizmat xodimiga o‘q uzgan.