Toshkentning tumanlaridan birida faoliyat yurituvchi elektr tarmoqlari kompaniyasining ikki muhandisi 8 ming AQSh dollari olayotganida ushlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga ko‘ra, ular hisoblangan jarimani «kamaytirish» evaziga pul talab qilgan. Tezkor tadbirlar Toshkent viloyati bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Xabarga ko‘ra, tijorat banki filialining binosida o‘rnatilgan elektr hisoblagichni tekshirish chog‘ida mutaxassislar qonunbuzarlikni aniqlagan: qurilma noto‘g‘ri sxema bo‘yicha ulangan bo‘lib, natijada elektr energiyasi hisobi noto‘g‘ri yuritilgan. Shu asosda 400 mln so‘m miqdorida jarima hisoblangan.
Tergo‘v versiyasiga ko‘ra, shundan so‘ng muhandislar mas’ul MChJ rahbariga undiriladigan summani 65 mln so‘mgacha kamaytirib berishni taklif qilib, buning evaziga 8 ming dollar talab qilgan. Ushlash pul uchinchi shaxs orqali uzatilayotgan paytda amalga oshirilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolardan shunga o‘xshash huquqbuzarliklar haqida 1520 qisqa raqamiga xabar berish so‘raladi. Shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.