Toshkentda elektr tarmoqlari kompaniyasining ikki muhandisi $8 ming olayotganida ushlandi
Toshkentning tumanlaridan birida elektr tarmoqlari korxonasining ikki muhandisi ushlandi — ular pora talab qilishda gumon qilinmoqda. Kuch tuzilmalariga ko‘ra, pul 400 mln so‘mlik jarimani 65 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga so‘ralgan.